AsosiyJinoyat

Farg`onalik fuqaro xonadonidan 40.000.000 so`mlik tilla-taqinchoqlar o`g`irlab ketildi

'Farg`onalik fuqaro xonadonidan 40.000.000 so`mlik tilla-taqinchoqlar o`g`irlab ketildi'ning rasmi

6 mart kuni Akbarobod MFY hududida yashovchi U.X. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma`lum shaxs yashash xonadoniga g`ayriqonuniy ravishda kirib xonadoni ichida bo`lgan temir seyfni kalit tanlash yo`li bilan ochib, seyf ichida bo`lgan narxi 40.000.000 so`mlik tilla-taqinchoqlarni yashirin ravishda o`g`irlab ketganini bildirgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati ma`lumot berdi.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyatni M.Sh. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunchilikka asosan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar