AsosiyJamiyat

15 mart kuni ish boshlashi kutilayotgan Beeline Uzbekistan’ning yangi bosh direktori o`z lavozimidan voz kechdi

'15 mart kuni ish boshlashi kutilayotgan Beeline Uzbekistan’ning yangi bosh direktori o`z lavozimidan voz kechdi'ning rasmi

Avvalroq, 2021 yil 15 martdan Artashes Davtyan “Beeline Uzbekistan”ga yangi bosh direktor etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Uzzoom nashrining ma`lum qilishicha, Beeline Uzbekistan bosh direktorligi lavozimiga tayinlangan Artashes Davtyan Toshkentga etib kelmasidan avval lavozimidan voz kechgan.

«Rahbarlik lavozimidan voz kechilishiga Unitel MChJga nisbatan tergov ishlari o`tkazilayotgani to`g`risida ma`lumotlar sabab bo`lgan yoki bo`lmagani — noma`lum, biroq nima bo`lganda ham mazkur tayinlov Beeline tarixidagi eng qisqa kareraga aylanmoqda», — deyiladi xabarda.

VEON hozirda o`zining saytidan Davtyanning tayinloviga oid press-relizni o`chirib tashlagan.

    Boshqa yangiliklar