1

Qidiruvdagi xudkush-terrorchi ayol Turkiyada qo`lga olindi

Dunyo 17.02.2016, 16:34
Qidiruvdagi xudkush-terrorchi ayol Turkiyada qo`lga olindi

Turkiyaning janubi-sharqida joylashgan Shanliurf shahri polisiyasi qidiruvda bo`lgan xudkush-terrorchi ayolni qo`lga oldi. 

Chap radikal “ Front – xalq inqilobi va ozodlik  partiyasi” ekstremistik guruhining a`zosi bo`lmish Dilek Kayya Istambulning Sultonahmad maydonidagi portlashda ayblanib, qidiruvda bo`lgan, deya xabar berdi Vesti.ru nashri.

Bu portlash 2015 yilning 6 yanvarida polisiya mahkamasi yonida sodir etilgan, oqibatda bir nafar polisiyachi qurbon bo`lgan. Portlashni amalga oshirgan xudkush-terrorchi ayol — rossiyalik Diana Ramazonova ham voqea joyida halok bo`lgan. 

“Front – xalq inqilobi va ozodlik  partiyasi” ekstremistik guruhi 1978 yilda tuzilgan bo`lib, Turkiya hukumati uni bir qancha terrorchilik teraktlarini amalga oshirganlikda, jumladan, 2013 yilning fevral oyidagi AQSh elchixonasiga hujum uyushtirganlikda va 2015 yilning mart oyida prokuror Selim Kirazni Istambuldagi “Adolat saroyi”da garovga olib, keyin qatl etganlikda aybladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1