AsosiyJinoyat

Farg`onada qonunni buzgan "domla" profilaktika inspektoriga pora taklif qildi

'Farg`onada qonunni buzgan "domla" profilaktika inspektoriga pora taklif qildi'ning rasmi

Joriy yilning 04 mart kuni fuqaro S.Z Quva tumani IIB profilaktika inspektori T.Z.ga murojaat qilib, noqonuniy ravishda shar`iy nikoh o`qiganligi sababli o`ziga nisbatan to`plangan hujjatlar yuzasidan chora ko`rmaslik evaziga 2.000.000 so`m miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. 

Fuqaro S.Z.ga Quva tumani IIB profilaktika inspektori T.Z tomonidan huquq va majburiyatlari tushuntirilib, harakatida pora berish jinoyati borligi va jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida bir necha marotaba ogohlantirilib, jinoyatdan qaytarishga harakat qilinishiga qaramasdan, pora taklif qilishda davom etgan.

Mazkur holat yuzasidan, O`zbekiston Respublikasi IIV O`XB Farg`ona viloyati bo`yicha bo`limi hamda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Quva tumani IIB xodimlari  bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro S.Z. Quva tumani IIB profilaktika inspektori T.Z.ning xizmat xonasida kelishilgan pullardan 1.200.000 so`m miqdoridagi pulni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, ushbu pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda prosessual hujjatlar rasmiylashtirilib, Quva tumani prokuraturasiga yuborildi.

Boshqa yangiliklar