AsosiyJamiyat

Shubhali "Kaptiva" haydovchisi "Bektemir" postida qo`lga tushdi

'Shubhali  "Kaptiva" haydovchisi "Bektemir" postida qo`lga tushdi'ning rasmi

Joriy yilning 13 mart kuni Toshkent shahar, Bektemir tumani hududida joylashgan "Bektemir" muntazam YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimi Sh.Xolnazarov, kinologiya xizmati xodimi S.Mambetov va PPX xodimi U.Xudoyberdievlar tomonidan "Kaptiva" rusumli avtomobil to`xtatilib tekshirilgan vaqtda, haydovchi, 1981 yilda tug`ilgan A.T. xodimlarda shubha uyg`otgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Xolislar ishtirokidagi tekshiruv davomida haydovchining cho`ntagidan sellofan paketga solingan, gugurt qutisi ichida bo`lgan, yashil rangli, o`tkir hidli, giyohvandlik vositasiga o`xshash modda topilgan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, holatga oydinlik kiritish maqsadida aniqlangan modda va haydovchi A.T. tuman IIO FMBga topshirilgan. 

 

    Boshqa yangiliklar