1

Turkiyaning Anqara shahrida kuchli portlash yuz berdi

Dunyo 17.02.2016, 22:16
Turkiyaning Anqara shahrida kuchli portlash yuz berdi

Bugun, 17 fevral kuni Turkiya poytaxti Anqara shahri markazida joylashgan harbiylar yotoqxonasida kuchli portlash sodir etildi. Bu haqda mahalliy OAVlar ma`lumotlariga asoslanib, “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, portlash ovozi Anqaraning bir nechta tumanlariga eshitilgan. Shuningdek, uzoq masofadan ham tutun ko`ringan. Portlash yuz bergan hududga Turkiya xavfsizlik xizmati etib kelgan. Portlash sabablari hozircha oshkor etilmayapti.

4 fevral kuni Turkiyaning Istanbul shahrida ham portlash sodir bo`lgan edi. Portlash oqibatida ikki kishi jabrlangan.

12 yanvar kuni esa Istanbul shahridagi Sultonahmad maydonida portlash sodir bo`lishi oqibatida 10 kishi hayotdan ko`z yumgan edi. Halok bo`lganlarning aksariyati Germaniya fuqarolari bo`lgan.  

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1