1

Anqarada minalangan avtomobil portlashi oqibatida 20 kishi halok bo`ldi

Dunyo 18.02.2016, 08:06
Anqarada minalangan avtomobil portlashi oqibatida 20 kishi halok bo`ldi

17 fevral kuni Turkiya poytaxti Anqara shahri markazida joylashgan harbiylar yotoqxonasida kuchli portlash sodir etilgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, portlash oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo`lgan, 60 kishi jabrlangan. Mamlakat hukumati buni teraktligini tasdiqladi.

Minalangan avtomobil mahalliy vaqt bilan soat 18:31 portlagan. Hodisa Turkiya poytaxtining Qiziloy tumanida sodir bo`lgan. Mashina harbiy xodimlarni olib ketayotgan transport svetoforning qizil chirog`ida to`xtagan vaqtda ro`y bergan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1