1

Boshliqlarning nima sababdan ko`p baqirishi ma`lum bo`ldi

Dunyo 18.02.2016, 09:45
Boshliqlarning nima sababdan ko`p baqirishi ma`lum bo`ldi

AQShning Michigan Universiteti psixologlari boshliqlarning qo`l ostidagi xodimlarga baqirish sabablarini aniqladi, deya xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Psixologlar rahbarlarning qo`l ostidagi xodimlarga zahrini sochishini “odob-axloqni lisenziyalash” deb atashdi. Bu individning ilgarilari so`zsiz bo`ysungan ba`zi bir axloq-odob qonun-qoidalarini buzish uchun o`ziga ruxsat berganligi bilan ko`zga tashlanadi. Buning asosiy sababi egoning (psixologik ma`noda) ishdan chiqishi, o`z-o`zini (his-tuyg`ularni, fikrlarni, xulq-atvorni)  nazorat qilolmaslik oqibatida kelib chiqadi. Psixologlar savdo, maorif, sanoat ishlab chiqarish va sog`liqni saqlash tizimlarida mehnat qilayotgan rahbarlar va ularning qo`l ostidagi xodimlarga  bo`lgan munosabatlarini o`rganish jarayonida rahbar xodimiga baqirmasligi uchun ish vaqtida qisqa muddatli tanaffus e`lon qilib, psixologik yukni kamaytirishni taklif etishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1