AsosiyJinoyat

Lasettining g`ildiragiga noqonuniy moddalarni yashirgan shaxslar faoliyati fosh etildi

'Lasettining g`ildiragiga noqonuniy moddalarni yashirgan shaxslar faoliyati fosh etildi'ning rasmi

Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi avtomashina g`ildiragi ichiga noqonuniy tovarlarni yashirib olib kirmoqchi bo`lgan shaxslarning jinoiy harakatini fosh etdi. Bu haqda Davlat Bojxona Qo`mitasi ma`lum qildi.

 “Farg`ona” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo`shni davlatdan mamlakatimizga kirib kelayotgan fuqaro Yu.B. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi bojxona nazoratidan o`tkazilganida avtomashina salon qismiga va yukxonasidagi qo`shimcha g`ildiragi ichiga ustalik bilan joylangan, xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona xodimining og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan hamda aksiz markalari bilan markalanmagan 5 dona 5 litr hajmli sellofan paketlarda jami 25 litr spirtli ichimliklar va 32 dona 14,4 litr alkogolli energetik ichimliklar yashirilganligi aniqlandi.

Yana bir shunga o`xshash holatda mazkur post orqali O`zbekistonga kirish uchun harakatlangan fuqaro Yu.Sh. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi ham bojxona nazoratidan o`tkazilganida, mashinada bojxona xodimining og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan hamda aksiz markalari bilan markalanmagan avtotransport vositasining oldi eshiklari orasiga va yukxonasi ichiga yashirilgan 500 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar