AsosiyJinoyat

Toshkentlik ayol navoiylik 23 yoshli qizni aldab turkiyadagi qarzi evaziga sotib yubordi

'Toshkentlik ayol navoiylik 23 yoshli qizni aldab turkiyadagi qarzi evaziga sotib yubordi'ning rasmi

Navoiy viloyati IIB TvaEQKB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida, Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashovchi 1969 y.t. fuqaro Q.M. Navoiy shahrida yashagan 1998 y.t. M.G`.ni dastlab, Toshkent shahrida joylashgan savdo do`konlarida ishlatishni maqsad qiladi va aldab olib ketadi. Biroq, berilgan va`dalar va`daligicha qolib, oradan hech qancha vaqt o`tmasdan nafsi hakalak otgan ayol endigina 23 bahorni qarshilagan qizni 2020 yilning oktyabrida I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiyaga olib chiqib ketadi. Ayon bo`lishicha, ayol degan nomga nomunosib Q.M. g`arazli va past maqsadlarni ko`zlab, ushbu davlatda mavjud qarzi evaziga uni Turkiyada yashovchi fuqarolarga sotib yuborgan. Bu haqda Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “z”bandi (Jabrlanuvchini O`zbekiston Respublikasining davlat chegarasidan olib o`tgan holda yoki uni chet elda qonunga xilof ravishda ushlab turgan holda) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar