Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tuman bo`limi tomonidan Markaziy bank Navoiy viloyati bosh boshqarmasining tekshirish dalolatnomasiga asosan tergovga qadar tekshiruv o`tkazdi.
AT “Xalq banki” Karmana filiali moddiy javobgar shaxslari 2020 yil davomida 414 holatda ma`muriy jarima va davlat bojlari uchun amalga oshirilgan to`lov kvitansiyalarini soxtalashtirib, to`lovlarni bank dasturidan o`tkazmasdan byudjetga 57,5 mln so`m zarar etkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






