AsosiyJinoyat

Toshkentda avtokredit olib berish bilan shug`ullanuvchi firibgarlar faoliyati fosh etildi

'Toshkentda avtokredit olib berish bilan shug`ullanuvchi firibgarlar faoliyati fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ma`lumotiga ko`ra, Departamentning Shayxontohur tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “D.P.” va “P.G.” MChJ rahbarlari va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqarolar tomonidan ushbu jamiyatlarga avtokredit olish uchun to`langan jami 396,3 mln so`m naqd pullarni o`zlashtirishib, firibgarlik yo`li bilan o`zgalarning juda ko`p miqdordagi mulkini qo`lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “D.P.” va “P.G.” MChJ rahbarlari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar