AsosiyJamiyat

Parkent tumaniga hokim tayinlandi

'Parkent tumaniga  hokim tayinlandi'ning rasmi

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha Shoxrux Shoaxmedov Parkent tumaniga  hokim  etib tayinlandi.

U  lavozimga tayinlangunga qadar Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta`minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligining bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma`lumot o`rnida:

Shoxrux  Shoaxmedov 1979 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. Ma`lumoti – oliy.  2000 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2002 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini hamda  2004 yilda  Sankt-Peterburg Fuqaro akademiyasini tamomlagan.  

    Boshqa yangiliklar