AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida ham karantin qoidalari nazorati kuchaytiriladi

'Toshkent viloyatida ham karantin qoidalari nazorati kuchaytiriladi'ning rasmi

Toshkent viloyati hududida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, fuqarolar salomatligini muhofaza qilish va xavfsizligini ta`minlash maqsadida viloyat mas`ullari ishtirokida kengaytirilgan yig`ilish o`tkazildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar qildi. 

Tadbirda asosan aholi gavjum bo`ladigan bozor va savdo markazlari, jamoat joylari va jamoat transportlarida ijtimoiy masofani saqlash, himoya niqobini taqish va antiseptik vositalardan foydalanish holatlari yuzasidan viloyat hududida nazorat tadbirlari o`tkazilishi belgilandi.

"Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, o`zingiz va o`zgalar sog`lig`ini asrash, viloyat hududida kasallik tarqalishini oldini olish uchun, belgilangan karantin qoidalariga qat`iy amal qilishingizni so`raymiz", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar