AsosiyShou-biznes

Gollivud yulduzi Peris Xilton haqida ajabtovur faktlar

Ba`zi fikrlarga ko`ra, Xiltonning ismi Fransiya poytaxti Parijga bo`lgan muhabbat ifodasi sifatida, aslida esa Texas shtatidagi Parij shahri hurmati uchun “Peris” deb atalgan, deya xabar beradi Elle.ru nashri. 

Mish-mishlarga ko`ra, Xilton Maykl Jeksonning qizi, adashi Peris Jeksonga ismini o`zgartirish uchun pul taklif qilgan. 

U qirq to`rtinchi o`lchamdagi oyoq kiyim kiyadi, gavda o`lchami esa 88-60-88 ni tashkil qiladi. Xiltonlar sulolasining va Konrad Xilton brendining asoschisi Perisning katta bobosi hisoblanadi. 

U Peris tug`ilishidan ikki yil oldin olamdan o`tgan. Bobosi uch marta uylangan, ikkinchi marta “Erkaklar ko`zlari bilan, ayollar qulog`i bilan sevadi”mashhur iborasi muallifi, Gollivud yulduzi Ja Ja Gaborga uylangan. Bobosi Elizabet Teylorga ham uylanib, u bilan roppa-rosa bir yil yashagan. Onasi Keti Xiltonning Maykl Jekson bilan bir sinfda o`qib, yaqin do`st bo`lganligini hamma ham bilavermaydi. Peris Merilin Monroning ashaddiy muxlisasidir.

    Boshqa yangiliklar