AsosiyJamiyat

Turin politexnika universitetida yangi o`quv bino foydalanishga topshirildi

'Turin politexnika universitetida yangi o`quv bino foydalanishga topshirildi'ning rasmi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida yangidan qurib, foydalanishga topshirilgan o`quv binosining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi xabar berdi. 

O`quv binosining ochilish marosimida yangi binodagi IT-laboratoriyada shifokorlar faoliyatini engillashtirish maqsadida ishlab chiqilayotgan rentgen tasvirlarini saqlash – PACS&Medical images viewer dasturi mehmonlarda qiziqish uyg`otdi.

Universitet inkubasiya markazi jamoasiga koronavirus bilan chalingan bemorlarning MSKT tasvirlarini yagona platformada saqlash bo`yicha foydalanish uchun qulay, boshqaruv paneli sodda va ortiqcha qog`ozbozlikni talab etmaydigan yangi platforma yaratish, loyihaning biznes rejasini ishlab chiqish taklif qilindi.

Dastur bevosita shifokorlar ishtirokida sinovlardan muvaffaqiyatli o`tsa, amaliyotga tatbiq etilishi ta`kidlandi.

Endilikda talabalar yangi o`quv binoda o`z yo`nalishlari bo`yicha puxta bilim va ko`nikmaga ega bo`lishadi.

Boshqa yangiliklar