AsosiyJamiyat

Koreyada ishlash istagida bo`lgan fuqarolar uchun muhim ma`lumot taqdim etildi

'Koreyada ishlash istagida bo`lgan fuqarolar uchun muhim ma`lumot taqdim etildi'ning rasmi

2021 yil 16-17 mart kunlari Namangan viloyatida Koreya Respublikasida mavsumiy ishlarda (E-8 vizasi) vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo`lgan fuqarolar uchun Koreya Respublikasi kompaniyasi vakillari tomonidan tanlov o`tkaziladi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.

Tanlovda ishtirok etish niyatida bo`lgan fuqarolar uchun Koreya tomonidan quyidagi talablar qo`yilgan:

1. Namangan viloyati hududida oxirgi 3 yil davomida doimiy ro`yxatda turib istiqomat qiluvchi fuqaro bo`lishi.

2. Koreys tilini bilishi (suhbat koreys tilida bo`lib o`tadi).

3. 35-45 yosh oralig`ida bo`lishi.

4. Oilali (ajrashmagan) bo`lishi.

5. Mavsumiy ishlar (qishloq xo`jaligi) bo`yicha tajribaga ega bo`lishi.

6. Sog`lom, yuqumli kasalliklarga chalinmagan bo`lishi.

7. Sudlanmagan bo`lishi.

8. Koreya Respublikasi hududiga kirish uchun taqiq bo`lmasligi.

9. O`zbekiston Respublikasi hududidan chiqishga taqiqi mavjud bo`lmagan va xorijga chiqish pasportiga ega bo`lishi lozim.

Tanlovda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Tanlov Namangan shahrida joylashgan “Monomarkaz” binosida bo`lib o`tadi.  

Mo`ljal: Namangan viloyati davlat xizmatlari agentligi binosi oldida.    

Qo`shimcha ma`lumot uchun: 1282 (qisqa raqami), 69-227-94-64, 71 202-33-55.

 

    Boshqa yangiliklar