AsosiyJamiyat

O`zbekistonda karatin choralari emas, uning qoidalariga rioya etish ustidan nazorat kuchaytirilyapti — Anvar Alimov

'O`zbekistonda karatin choralari emas, uning qoidalariga rioya etish ustidan nazorat kuchaytirilyapti — Anvar Alimov'ning rasmi

AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida Toshkent shahar sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig`i Anvar Alimov karantin choralari kuchaytirilishi bilan bog`liq mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

«Yanvar oyidan buyon koronavirusga olingan test natijalarini tahlil qilsak, 0,1 foiz holatda kasallik aniqlanyapti. Ularning aksariyati simptomsiz ko`rinishda bo`lgani uchun uy sharoitida davolanyapti.  

Kuni kecha o`tkazilgan xalq deputatlari shahar kengashi yig`ilishida qabul qilingan qarorda birorta yangi, kuchaytirish bo`yicha band yo`q.  

Bugun faqatgina mavjud talablar ustidan nazoratni kuchaytirish masalasi ko`rilyapti. Talab etilayotgan eng asosiy uch narsa — niqob taqish, qo`l yuvish, ijtimoiy masofani saqlash», — dedi Alimov. 

    Boshqa yangiliklar