Ushbu savolga AOKAda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari Bahodir Yusupaliev javob berdi.
«Astra Zeneca» vaksinasi bilan Evropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyada allaqachon 17 million kishi emlangan. Ular orasida zararli ta`sir qilgan deb baholangan holatlar milliondan bittani tashkil qiladi.
Bunda asosan tromboz holatlari (tomir ichida paydo bo`ladigan qon laxtasi, tomir devoriga yopishib, qon oqimiga xalaqit beradi) kuzatildi. Evropa mamlkatlarida birinchi navbatda 65 yoshdan yuqori aholi emlanishi ko`zda tutilgan. Tabiiyki, bu yoshdagi odamlar har qanday boshqa kasalliklarga moyil bo`ladi. Bunga aynan u yoki bu vaksina sababchi deb aytolmayman. Masalan, xuddi shu holat «Pfizer» vaksinasida ham kuzatilgan.
Bunday nojo`ya ta`sirlar aynan vaksina tufayli kelib chiqdi deb hech kim aytolmaydi, hatto JSST ham. Biz JSST tarkibidagi maxsus kommisiyalarning xulosalarini kutyapmiz. Dunyoda biror vaksina qo`llashdan to`xtatib turilgani — uning butunlay zararli degan xulosaga olib kelmaydi. Shunchaki hozirda uning ta`sirlari borasida chuqur o`rganishlar olib borilmoqda»,- deya izoh berdi mas`ul.






