AsosiyJamiyat

"O`zbekiston havo yo`llari" Urganch-Istanbul-Urganch yo`nalishi bo`yicha haftasiga 2 marotaba reys ochilmoqda

'"O`zbekiston havo yo`llari" Urganch-Istanbul-Urganch yo`nalishi bo`yicha haftasiga 2 marotaba reys ochilmoqda'ning rasmi

"O`zbekiston havo yo`llari" 28 martdan boshlab Urganch-Istanbul-Urganch yo`nalishi bo`yicha haftasiga 2 marotaba muntazam reyslarni ochmoqda, deb xabar beradi O`zbekiston transport vazirligi.

Samolyot 28 mart kuni marosimdan so`ng Urganch xalqaro aeroportidan mahalliy vaqt bilan soat 09: 30da birinchi parvoziga jo`naydi.

Shu bilan birga 29 martdan boshlab aviakompaniya bir yillik tanaffusdan so`ng 2017 yil noyabrida ochilgan, ammo pandemiya sababli 2020 yil mart oyida to`xtatilgan Samarqand-Istanbul reyslarini davom ettiradi. Reyslar haftasiga uch marta amalga oshiriladi.

Eslatib o`tamiz, o`tgan hafta Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho`g`li O`zbekistonga tashrifi chog`ida ikki mamlakat o`rtasidagi transport aloqalarini soddalashtirish va "Turkish Airlines", "Uzbekistan Airlines" va xususiy aviakompaniyalarning parvozlari va yo`nalishlarini ko`paytirish masalalari ikki davlat tomonidan maqullangan edi.

    Boshqa yangiliklar