IIV Axborot xizmati so`nggi paytlarda koronavirus bian bog`liq turli mish-mishlarni tarqatayotganlarga murojaat qilmoqda.
"So`nggi kunlarda aholi o`rtasida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari biroz ortganligi munosabati bilan internet makonida turli mish-mish xabarlar, o`tgan yilda berilgan bayonotlarning nusxalari va haqiqatga mos bo`lmagan ovozli yozuvlar tarqalmoqda.
Shu munosabat bilan, yurtimizda karantin tartibining o`zgarishi bilan bog`liq har qanday axborot faqat rasmiy manbalarda e`lon qilinishini eslatamiz" deyiladi xabarda.






