1

AQShda jahldor kurkalar pochtachiga hujum qilishdi

Dunyo 18.02.2016, 16:30
AQShda jahldor kurkalar pochtachiga hujum qilishdi

Amerikaning Xilsdeyl shahrida pochtachining xat ortilgan avtomobilini  yovvoyi kurkalar to`dasi o`rab oldi, deya xabar beradi “Lenta.ru” nashri.

Pochta bo`limining boshlig`i qo`l ostidagi xodimlaridan birining g`azablangan kurkalar to`dasi uning mashinasini o`rab olganligi to`g`risidagi qo`ng`irog`idan keyin polisiyaga murojaat qilishga majbur bo`ldi. Voqea joyiga etib kelgan huquq-tartibot xodimlari kurkalarni haydab yubordi. XIX asrning o`rtalariga kelib, Nyu-Jersi shtati hududida ov qilish natijasida yovvoyi kurkalar yo`qolib ketgan edi. Mahalliy biologlar tomonidan 1977 yilda o`rmonga 22 ta kurka qo`yib yuborilgan, 2014 yilga kelib, bu kurkalarning soni 23 mingtaga etgan. AQShda yovvoyi kurkalarning ilgari ham odamlarga hujum qilgani qayd etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1