Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Toshkent shahrida gaz iste`molchilari jami 629 ming 427 ta bo`lib, shulardan 448 073 tasini ko`p qavatli, 181 ming 354 tasini erli aholi xonadonlari tashkil etadi.
Ma`lumotga ko`ra, yil oxiriga qadar zamonaviy «aqlli» xisoblagichlar barchaga o`rnatilishi ko`zda tutilgan.
Ushbu hisoblagichlarni o`rnatish aholi uchun bepul hisoblanadi va tashkilot tomonidan 5 yillik bepul servis xizmati ham kafolatlanadi, deyiladi xabarda.
Tabiiy gaz iste`molchilari uchun «Call-markaz» (55) 503-28-28 ishga tushgani e`lon qilindi.
Shu bilan birga, sohadagi qonunbuzarlik va korrupsiya holatlari bo`yicha (55) 503-90-17 «ishonch telefoni» yo`lga qo`yilgan.






