O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joriy yilning 18-19 fevral kunlari Namanganga tashrifi chog`ida o`tkazilgan xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida e`tiborga molik takliflarni bildirgan viloyat ichki ishlar boshqarmasining yoshlar etakchisi Dostonbek Abduqahhorovni Namangan shahar hokimining o`rinbosari lavozimiga tayinlashni tavsiya etgan edi. Bu haqda Namangan hokimligi xabar bermoqda.
Namangan shahar hokimining qarori bilan Dostonbek Ma`rufjon o`g`li Abduqahhorov Namangan shahar hokimining o`rinbosari – shahar Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limi boshlig`i etib tayinlandi.
Dostonbek Abduqahhorov 2019 yil avgust oyidan buyon hozirga qadar Namangan viloyati IIB kadrlar boshqarmasi ma`naviy-tarbiyaviy ishlar va ijtimoiy himoya bo`limi yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.






