AsosiyJamiyat

«Mening eng katta maqsadim har bir tumanning o`sish nuqtasini topish" – Prezident OAV vakillariga rejalarini oshkor qildi

'«Mening eng katta maqsadim har bir tumanning o`sish nuqtasini topish" – Prezident OAV vakillariga rejalarini oshkor qildi'ning rasmi

Bugun Prezidentning Toshkent viloyatiga tashrifi boshlangani haqida xabar bergan edik. Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent viloyatiga tashrifi chog`ida OAV vakillari bilan suhbatlashdi.  darakchi.uz muxbiri Sardar Rahmonqulovning xabar berishicha, davlat rahbari yana bir bor jurnalistlarga o`z ishonchini bildirgan va ularni bor haqiqatni ro`yu-rost aytishga undagan. 

Shavkat Mirziyoev viloyatga tashrifidan asosiy maqsad  "tumanbay" ishlash bo`yicha tajriba o`tkazishdan iboratligini ma`lum qildi. 

" –Sizlar bilan bugun, ertaga birga yuramiz, majlis o`tkazamiz, Chirchiqqa boramiz, odamlar bilan uchrashamiz. Maqsadimiz Toshkent viloyatini mutlaqo boshqacha yo`l xaritasini tuzish. Ertaga saylanadigan hokim faqat va faqat 1800 ta mahalla dardi bilan yashash tizimi bo`yicha ishlaydi», — dedi Shavkat Mirziyoev.

Prezident Toshkent viloyatida aholi 2 mln 994 ming nafardan iboratligi, ularning 149,5 mingi esa ishsiz ekanini ta`kidlagan. Shundan 95 ming nafari xorijda ekani aytgan.

«Mening eng katta maqsadim har bir tumanning o`sish nuqtasini topish. Toshkentda kabinetda o`tirib emas, pastda yurib buni amalga oshirish. Misol uchun, biz sizlar bilan birga Namangan viloyatida bo`ldik. Namanganda er ham, suv ham, imkoniyati va infrastruktura ham yo`q. Mana o`zlaring ko`rayapsizlar, bu erda qanday bepayon er, suv, infrastruktura bor. Bitta Chinoz tumanining o`zida 136 ming aholimiz yashaydi. Tuman aholisi ishsiz bo`lishi mumkin emas. Nimaga desangiz, Chinoz qishloq xo`jaligida juda katta imkoniyat bor. Bitta tadbirkorning o`zi 800 gektar erni suvini ham ta`minlashini aytayapti. Joriy yilda Chinoz tumani o`rtacha 35 sentner paxta oladigan bo`lsa, u „Andijon 72“ navini olib kelib, 60 sentner paxta qilaman deyapti. Undan qancha-qancha mahsulot, mato, kostyum-shim, bolalar kiyimi va boshqalar ishlab chiqarsa bo`ladi», — dedi u.

 

«Bir yil oldin sizlar shunday edinglarmi? Hammamiz shunday edikmi? Hamma tanqid qilishni biladi, lekin uch yil oldin OAVga munosabat qanday edi? Men Namanganda aytgan edim, sizlarni orqalaringda prezident turibdi. Yana qaytaraman, men sizlarga ishonaman, albatta, adolatli haqiqatni xalqimizga etkazib berasizlar. Lekin biz ko`p narsani birgalikda o`rganayapmiz. Sizlarni ham saviyalaring oshayapti, xalqimizni ham saviyasi, ishonchi oshib borayapti. Biror masalani adolatli ko`tarib chiqish uchun sizlarning ham bilim, ham ilimlaring, tajribalaring, tahlil qilish qobiliyatlaring muntazam o`sib borishi kerak. Har bir aytilayotgan gapning borini, rostini etkazish kerak. 2 yil oldin qanaqa edi, 20 yil avval qanday edi?», — deya qayd etgan davlat rahbari.

    Boshqa yangiliklar