AsosiyJamiyat

So`x voqealari bo`yicha sud ishi yakunlandi. 22 nafar shaxsga hukm o`qildi.

'So`x voqealari bo`yicha sud ishi yakunlandi. 22 nafar shaxsga hukm o`qildi.'ning rasmi

Bugun, 18 mart kuni, Farg`ona viloyat sudida  So`x voqealari bo`yicha sudlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga etdi va sud hukmi e`lon qilindi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi. 

Ushbu jinoyat ishi Farg`ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo`yicha sudyasi T. Vahobov raisligida hamda xalq maslahatchilari N. Musinova va Z. Qosimovadan iborat sud tarkibida ko`rib chiqildi.

Farg`ona viloyat sudining 2021 yil 18 martdagi hukmiga ko`ra:

M. Axmedov Jinoyat kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi (engilroq jazo tayinlash) ni qo`llab, 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o`tash belgilandi.

N. Juraev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llab, 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o`tash belgilandi.

R. Mirsharipov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. R. Mirsharipovning 2020 yilning 22 avgust kunidan 18 mart kuniga qadar qamoqda saqlangan 6 oy 26 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o`tash uchun 4 yil 5 oy 4 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

F. Axrorov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. F. Axrorovning 2020 yilning 22 avgust kunidan 18 mart kuniga qadar qamoqda saqlangan 6 oy 26 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o`tash uchun 4 yil 5 oy 4 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

D. Mallaev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. D. Mallaevning 2020 yilning 10 avgust kunidan 18 mart kuniga qadar qamoqda saqlangan 7 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o`tash uchun 4 yil 4 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

O. Otashev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. O. Otashevning 2020 yilning 22 avgust kunidan 18 mart kuniga qadar qamoqda saqlangan 6 oy 26 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o`tash uchun 4 yil 5 oy 4 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

Sh. Mirzojonov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Sh. Mirzojonovning 2020 yilning 25 avgust kunidan 18 mart kuniga qadar qamoqda saqlangan 6 oy 23 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o`tash uchun 4 yil 5 oy 7 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

B. Shodiev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. B. Shodievning 2020 yilning 23 avgust kunidan 18 mart kuniga qadar qamoqda saqlangan 6 oy 25 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o`tash uchun 4 yil 5 oy 5 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

Yo. Juraev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Yo. Jo`raevning 2020 yilning 22 sentyabr kunidan 18 mart kuniga qadar qamoqda saqlangan 5 oy 26 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o`tash uchun 4 yil 6 oy 4 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

Sh. Maxmadaliev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Sh. Maxmadalievning 2020 yilning 10 sentyabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog`ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o`tash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

Z. Zaylobov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Z. Zaylobovning 2020 yilning 10 sentyabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog`ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o`tash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

Sh. Olimov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57, 84-1-moddalarini qo`llab, 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Sh. Olimovning 2020 yilning 10 sentyabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog`ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o`tash uchun 1 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

B. Foziljonov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. B. Foziljonovning 2020 yilning 10 sentyabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog`ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o`tash uchun 4 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

X. Safarjonov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. X. Safarjonovning 2020 yilning 10 sentyabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog`ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o`tash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

R. Xasanov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. R. Xasanovning 2020 yilning 10 sentyabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog`ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o`tash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

X. Rahmonaliev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. X. Rahmonalievning 2020 yilning 10 sentyabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog`ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o`tash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

S. Ismatov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. S. Ismatovning 2020 yilning 10 sentyabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog`ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o`tash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

J. Boronboev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. J. Boronboevning 2020 yilning 10 sentyabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog`ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o`tash uchun 4 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

D. Xolmatjonov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. D. Xolmatjonovning 2020 yilning 10 sentyabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog`ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o`tash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

F. Jonuzokov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. F. Jonuzokovning 2020 yilning 10 sentyabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog`ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o`tash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

I. Sobirov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57, 84-1-moddalarini qo`llab, 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. I. Sobirovning 2020 yilning 10 sentyabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog`ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o`tash uchun 1 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

S. Parpiev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. S. Parpievning 2020 yilning 10 sentyabr kunidan 18 mart kuniga qadar uy qamog`ida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o`tash uchun 4 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

Jinoyat oqibatida Farg`ona viloyat IIB foydasiga etkazilgan 9 996 341 so`m moddiy zarar sudlanuvchilardan undirilishi belgilandi.

Mazkur jinoiy ish bo`yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan chiqarilgan hukmning mazmuni batafsil tushuntirilib, sudlanuvchilar va boshqa tomonlarga ushbu hukm ustidan shikoyat qilishning qonunda belgilangan tartibi va muddati tushuntirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar