1

Banan va kokos haqidagi boshqotirma internetda keng muhokama qilinmoqda

Dunyo 18.02.2016, 17:03
Banan va kokos haqidagi boshqotirma internetda keng muhokama qilinmoqda

Internet foydalanuvchilari olma, banan, va kokos haqidagi boshqotirmaning javobini topolmay halak bo`lishmoqda, deb yozadi “Lenta.ru”.

 Mazkur boshqotirmani kanadalik Liza Uolke Facebook ijtimoiy tarmog`iga joylagandan so`ng, boshqa foydalanuvchilar o`rtasida qizg`in muhokamalarga sabab bo`ldi. 

O`tgan hafta ichida dunyoning turli mamlakatlarida istiqomat qiluvchi minglab internet foydalanuvchilari ushbu boshqotirmani o`z sahifalarida chop etib, do`stlaridan uning javobini so`ragan. 

Boshqotirmada bor-yo`g`i uchta meva ishtirok etgan. Mevalar qo`shish va ayirish amallari orqali misollarda ishtirok etgan.  Uchinchi bosqichda misol qiyinlashadi. Banan bu bosqichda bittaga kamayadi, kokos esa yarimta qoladi.   Natijada esa turli foydalanuvchilarda turlicha javoblar chiqmoqda. Kimdadir 14, yana birovda 15, ayrimlarda esa 16. 

Ayrimlarning fikricha, rasm umumiy matn ichidan qirqib olingan va shuning uchun ham javobni topish mumkin emas. 

Kanadalik ayolning mazkur posti 160 ming martadan ko`proq bo`lishilgan, 2,3 million marta esa unga izoh qoldirishgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1