1

Londonda qochoqlar oilasiga million funt sterlingdan qimmat turuvchi uy ajratildi

Dunyo 18.02.2016, 17:08
Londonda qochoqlar oilasiga million funt sterlingdan  qimmat turuvchi uy ajratildi

London Kamden kengashi ijtimoiy yordam puli hisobiga yashovchi qochoqlar oilasini narxi 1,3 million funtdan oshiq (1,9 million dollar) turuvchi uyga joylashtirdi. Qochoqlar oilasi bungacha Vest-Xempstad tumanida joylashgan oltita yotoqxonali dang`illama uyda yashagan, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. Said Xalif Buyuk Britaniyaga 2008 yilda ko`chib kelganida, Koventri shahrida yashagan. 

U keyinchalik poytaxtga ko`chishni istaganligi uchun uni oilasi bilan Vest-Xempstedning obro`li tumanlaridan biridagi aktrisa Emma Tompsonning uyi yonidagi narxi ikki million funt sterling turuvchi uyga joylashtirishadi. Shundan keyin yordam puli ma`lum miqdorga kamaytirilgani sababli Kamden bu oilaga Kilbern tumanidan uy ajratgan. Said Xalif Buyuk Britaniyaga ko`chib kelgandan beri faqat ijtimoiy yordam puli bilan sakkizta bolasini boqmoqda, ikkita bolasining sog`ligida muammo borligi sababli unga ijtimoiy yordam sifatida uy ajratilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1