O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Kanada ish beruvchilari bilan muzokaralar o`tkazmoqda. Ayni paytda Kanada ish beruvchilari payvandchilar, sanoat qassoblari va har qanday murakkablikdagi tom yopish ishlari amaliyotiga ega bo`lgan mutaxassislarga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Kanada ish beruvchilariga taqdim etish uchun mazkur davlatda ishlash istagida bo`lgan fuqarolar bazasi shakllantirilmoqda.
Talablar:
I. Payvandchi: TIG (Tungsten Inert Gas) va MIG (Metal Inert/Active Gas) da ishlash malakasi bor va alyuminiy bilan payvandlash bo`yicha kamida 1 yillik tajribaga ega bo`lishi.
Qushimcha talablar:
- ingliz tilini bilishi (eng kamida - IELTS 4 daraja);
- fotosurat (3x4) va rezyume;
- pasport nusxasi;
- rasmiy ish tajribasiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
- ishlash jarayoni ko`rsatilgan qisqa video ma`lumot (3 daqiqa).
II. Canoat qassoblari - faqat muzlatilgan mol yoki qo`y go`shtini maydalash (cho`chqa va parranda go`shtini maydalash, jonivorlarni so`yish ishlari emas), ish vaqti soat 7:30 dan 15:30 gacha (o`zgaruvchan grafikda), ish joyi harorati past xonada ishlashga chidamli (taxminan +8°C) va jismoniy yuklamaga qodir bo`lishi.
Qo`shimcha talablar:
- ingliz tilini boshlang`ich darajada bilishi va rus tilida gaplasha olishi;
- fotosurat (3x4) va rezyume;
- pasport nusxasi;
- rasmiy ish tajribasiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat (ishlab chiqarishda qassob yoki suyak tozalovchi sifatida ish staji);
- ishlash jarayoni ko`rsatilgan qisqa video ma`lumot (3 daqiqa).
III. Tom yopish ishlari: Metalocherepisa o`rnatish tajribasi bo`lishi shart.
Qo`shimcha talablar:
- ingliz tilini bilishi (eng kamida - IELTS 5 daraja);
- fotosurat (3x4) va rezyume;
- pasport nusxasi;
- rasmiy ish tajribasiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
- ishlash jarayoni ko`rsatilgan qisqa video ma`lumot (3 daqiqa).
Nomzodlarga qo`yiladigan talablar:
- Sog`lig`i to`g`risidagi tibbiy ma`lumotnomalarga ega bo`lishi;
- Sudlanmagan bo`lishi;
- Qo`shimcha muhim ma`lumotlar:
Nomzodlar tomonidan Kanada davlatida ishlashga viza hujjatlarini tayyorlash, ishga jo`natishdan oldin ekspert tayyorlov treninglarini o`tkazish, ishga jalb etish uchun ruxsatnoma (work permit) rasmiylashtirish, shuningdek, nomzod maktab va lisey/kasb-hunar kollejini tamomlaganligini tasdiqlovchi shahodatnoma/diplomlar, pasport va boshqa hujjatlarni tarjima qilish, notarial tasdiqlatish, apostil qildirish, aviachipta va sug`urta rasmiylashtirish kabi ma`muriy xarajatlarni amalga oshirishi lozim bo`ladi.
Ushbu muzokaralar Agentlikning Kanada davlatidagi hamkor va ishonchli vakili «SOBIROVS LAW FIRM» yuridik kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.






