O`zbekiston Respublikasining yangilangan talablariga muvofiq, xorijdan kelayotgan 2 yoshdan katta bo`lgan yo`lovchilar koronavirus uchun PZR testini O`zbekistonga jo`nab ketishdan ko`pi bilan 72 soat oldin topshirishlari hamda rus va ingliz tillarida salbiy natija olgan bo`lishlari kerak. Bu haqda "Uzbekistan Airways" MAK Axborot xizmati xabar bermoqda.
"Bolalar bilan uchayotgan yo`lovchilarni yaqin vaqt ichida koronavirus uchun PZR testi topshirish taraddudini ko`rishlarini tavsiya etamiz.
Talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan test natijasiga ega bo`lmagan yo`lovchilarning O`zbekiston Respublikasiga keladigan qatnovlarga ro`yxatdan o`tish va samolyotga chiqishiga yo`l qo`yilmaydi", - deyiladi rasmiy xabarda.






