“Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–5031-son) qabul qilindi. Qarorga ko`ra, 2021 yil 15 iyundan quyidagi tovarlar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali realizasiya qilinadi:
➖ monopolist korxonalar va (yoki) ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo`lgan yuridik shaxs, ustav fondi (kapitali)ning 50 foizi va undan ortig`i ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo`lgan yuridik shaxsga tegishli bo`lgan yuridik shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan:
➖ polivinilxlorid (PVX) va formalin – barcha xaridorlarga;
➖ iste`mol etil spirti – tashkiliy-huquqiy shaklidan qat`i nazar, tegishli lisenziya va muvofiqlik sertifikatlariga ega bo`lgan ishlab chiqaruvchilarga;
➖ texnik etil spirti – barcha xaridorlarga;
➖ kumush – zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga;
➖ 2022 yil 1 yanvarga qadar monopolist bo`lmagan va (yoki) ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foizdan kam bo`lgan yoki davlat ulushi mavjud bo`lmagan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan:
➖ sement – ishlab chiqarish hajmining kamida 50 foizi;
➖ chigit, paxta moyi (jumladan, ekstraksiya paxta moyi) va qayta ishlangan chigit chiqindilari (shrot, sheluxa) – ishlab chiqarish hajmining 100 foizi;
➖ qazib oluvchi (gazni qayta ishlovchi, ishlab chiqaruvchi) tashkilotlar tomonidan neft va gaz kondensati – tegishli lisenziya va muvofiqlik sertifikatlariga ega bo`lgan ishlab chiqaruvchilarga.
2022 yil 1 yanvardan chigitni tayyor mahsulotni qaytarish sharti asosida yog`-moy tashkilotlariga berish faqat bir paxta-to`qimachilik klasteri doirasidagi tashkilotlar o`rtasida amalga oshiriladi.
2021 yil 1 sentyabrdan monopol va davlat ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan birja savdolarida sotilayotgan mahsulotlarni avtotransportda tashish xizmatlari faqat elektron logistika savdo portali orqali auksion tartibida amalga oshiriladi.






