Marg`ilon shahar. 2020 yilning fevral oyida Sh.K. tanishi N.D. ismli ayolning ishonchiga kirib, 4.700.000 so`m pullar evaziga qizini tibbiyot birlashmasiga ishga olib kirib qo`yishini aytib, pullarini olib, aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Marg`ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.
Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.






