AsosiyDunyo

Oxirgi sutka davomida dunyoda 511 ming nafarga yaqin yangi kasallanish holati aniqlandi

'Oxirgi sutka davomida dunyoda 511 ming nafarga yaqin yangi kasallanish holati aniqlandi'ning rasmi

JSST ma`lumotlariga ko`ra, oxirgi sutka davomida dunyoda 511 ming nafarga yaqin yangi kasallanish holati qayd etildi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 120 million 915 ming nafardan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 674 ming nafardan ziyod kishi vafot etgan (18.03.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 16:53 holatiga ko`ra).  

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 511 453 yangi holati aniqlandi, 9 171 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (19.03.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 08:25 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 121 million 731 ming nafardan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 690 ming nafardan ortig`i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 29,260 million nafardan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Braziliya (11,603 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Hindiston (11,474 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (4,428 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Buyuk Britaniya (4,274 milliondan ortiq).  

JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 51 882, Braziliyada 83 926, Hindistonda 35 871, Rossiyada 9 803, Buyuk Britaniyada esa 5 758 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

    Boshqa yangiliklar