Bu haqda AOKAdagi matbuot anjumanida Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi raisi o`rinbosari Farrux Karabaev ma`lum qildi.
«Bozor konsentrasiyasini nazorat qilish yo`nalishida, qo`shib yuborish va aksiyalarni olish bo`yicha 114 ta bitimga oldindan rozilik berildi. Umumiy qiymati 328 mln dollar bo`lgan bitimlarning 59 foizida xorijiy investorlar ishtirok etgan.
Savdolar va davlat xaridlari jarayonida raqobatni ta`minlash maqsadida 4 200 ta tender va davlat xaridlari jarayonlari o`rganildi. 50 foizdan ortig`ida raqobatni cheklovchi omillarning oldi olindi. Natijada, 437 mlrd so`mga yaqin byudjet va korporativ mablag`lari iqtisodiga erishildi».






