1

Moskva savdo markazidan 11 ming kishi evakuasiya qilindi

Dunyo 19.02.2016, 10:32
Moskva savdo markazidan 11 ming kishi evakuasiya qilindi

Moskva shahridagi “Ashan” savdo markaziga portlovchi moslama qo`yilganligi to`g`risidagi anonim qo`ng`iroqdan so`ng savdo markazida bo`lgan 11 ming kishi zudlik bilan evakuasiya qilindi, deya xabar berdi Lenta.ru nashri. 

Bundan tashqari huquq-tartibot idoralari xodimlari boshqa savdo markazlaridagi odamlarni ham evakuasiya qilgan. Keyinroq Moskva polisiya boshqarmasi matbuot xizmati savdo markazida portlovchi modda bo`lmaganligi haqida xabar berdi. 

Qo`ng`iroqni amalga oshirgan odamni shaxsini aniqlash va ushlash chora-tadbirlari ko`rilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1