Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram kanallarida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshirig`iga muvofiq, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan bir qator cheklovlar o`rnatilib, muayyan choralar ko`rilayotganiga oid xabarlar tarqalmoqda.
O`zbekistonda soxta axborotlarga raddiyalar uchun rasmiy manba hisoblangan AntiFake.uz kanalida ma`lum qilinishicha, mazkur xabar yolg`on va haqiqatga mos kelmaydi. Ayni paytda O`zbekistonda karantin qayta e`lon qilinishi kutilmayapti.
Eslatib o`tamiz, aholi o`rtasida yolg`on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud






