O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kun davomida O`zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib kelishi davom etadi. Havoning o`zgarib turishi kutilmoqda, yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Momaqaldiroq ham bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 10-15° iliqni tashkil etadi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 12-14° iliq atrofida bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 0-5° iliq bo`ladi.






