AsosiyJamiyat

Surxondaryoda IIB xodimi xizmat mashinasida boshqaruvni yo`qotib, pastlikka tushib ketdi

'Surxondaryoda IIB xodimi xizmat mashinasida boshqaruvni yo`qotib, pastlikka tushib ketdi'ning rasmi

Joriy yilning 19 mart kuni soat 16:00 larda Surxondaryo viloyati, Bandixon tumani hududidan o`tgan 4R-100 avtomobil yo`lining 97-kilometrida, Qiziriq tumani IIB YHXB xodimi U.Kenjaev "Lasetti" rusumli maxsus xizmat avtomobilida boshqaruvni yo`oqtib, yo`ldan chiqib ketib pastlikka tushib ketgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi. 

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.

Mazkur YTH yuzasidan Bandixon tumani prokuraturasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, hodisa sabablariga aniqlik kiritilmoqda.  

 

 

    Boshqa yangiliklar