AsosiyDunyo

Tanzaniya tarixida ilk bor ayol kishi prezident bo`ldi

'Tanzaniya tarixida ilk bor ayol kishi prezident bo`ldi'ning rasmi

Tanzaniya sobiq vise-prezidenti Samiya Suluhu Hasan mamlakat prezidenti sifatida qasamyod qildi, deya yozmoqda rbc.ru. 

"Men, Samiya Suluhu Hasan, halol bo`lishga, Tanzaniya Konstitusiyasiga bo`ysunishga va uni himoya qilishga va`da beraman", dedi u mamlakatning eng yirik shahri Dar-es-Salamda bo`lib o`tgan marosimda.

Samiya Suluhu Hasan Tanzaniyaning avvalgi prezidenti 61 yoshli Jon Magufuli 17 mart kuni vafot etgach, ushbu lavozimni egalladi. Tanzaniya Konstitusiyasiga ko`ra, u Magufulining 2025 yilda tugaydigan ikkinchi besh yillik muddatining qolgan qismida ishlaydi. Suluhu ushbu Afrika mamlakatidagi birinchi ayol davlat rahbari bo`ldi. Shuningdek, u yana bir muddat prezidentlikka nomzodini qo`yishi mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar