AsosiyJamiyat

Kattaqo`rg`on tumanida 3 500 AQSh dollari evaziga harbiy xizmatga jo`natishni va`da qilgan firibgar ushlandi

'Kattaqo`rg`on tumanida 3 500 AQSh dollari evaziga harbiy xizmatga jo`natishni va`da qilgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Kattaqo`rg`on tumanida harbiy xizmatga jo`natishni va`da qilgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda. 

Departamentning Kattaqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro U.T. fuqaro K.N.ni harbiy xizmatga jo`natish hamda shartnoma asosida harbiy xizmatda qolish masalasini harbiy xizmatda ishlovchi tanishlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga 3 500 AQSh dollarni firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan U.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar