AsosiyJamiyat

Samarqandda birovning turmushga chiqmagan qizi sha`nini bulg`amoqchi bo`lgan yigit "tilidan topdi"

'Samarqandda birovning turmushga chiqmagan qizi sha`nini bulg`amoqchi bo`lgan yigit "tilidan topdi"'ning rasmi

2021 yilning 02 mart kuni soat 21:00 da 43 yoshli G`afur S. ukasi 37 yoshli Shavkat S. bilan Urgut tumanida joylashgan “Korzinka.uz” savdo markazi oldida 29 yoshli Hasan O`. ni oldindan davom qilib kelayotgan kelishmovchilik sababli, tanasining turli joylariga qo`l va oyoqlari hamda tayoq bilan urib jarohat etkazganlar. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida, Hasan O`.da og`ir tan jarohatlari aniqlanganligi ko`rsatilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida Hasan O`. G`afur S.ning turmushga chiqmagan qizini sha`nini bulg`ash maqsadida, gap so`z tarqatib yurganligi sababli ushbu jinoyat sodir bo`lganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan G`afur S. va Shavkat S.larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “k,l” bandlari (Qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta`kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko`ra, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

 

 

    Boshqa yangiliklar