Joriy yilning 20 martiga qadar Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasi klinik a`lomatlari kuzatilayotgan fuqarolar Zangiota tumani hududida joylashgan Zangiota- 1 va Zangiota -2 ko`p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanib kelmoqda.
2020 yil 15 martdan beri 130 nafar bemor vafot etgan, hozirgacha 15 ming 681 nafar bemor sog`ayib chiqqan. Afsuski joriy yilning 14 martda COVID-19 bilan kasallangan bemorlar 12, 15 martlar kunlari 4 nafar , 16 martda 18 nafar, 17 martda 8 nafar, 18 martda 13 nafar, 19 martda ham 10 nafar bemor aniqlandi. Ayni paytda 7 nafar koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar Zangiota- 1 va Zangiota -2 ko`p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.
Qolganlari 93 nafar bemorga uy sharoitida davolanish tavsiya etilgan. Ular shifokorlar nazoratida.
Koronavirus infeksiyasi gumon qilingan va bemorlar bilan kontaktda bo`lgan fuqarolar uchun 60 mingdan ortiq dori to`plamlari mavjud.
Shahar va tumanlar kesimida ko`rib chiqiladigan bo`lsak 6 kun mobaynida asosan Toshkent va Qibray tumanlarida 14 nafardan, O`rtachirchiq tumani va Nurafshon shahrida 5 nafardan, Chirchiq shahrida 9 nafar, Zangiota tumanida 4 nafarni tashkil qiladi.
Shuni ham aytish kerakki, viloyat bo`yicha o`tgan yilgi tajribadan so`ng bemorlarni yotqizish uchun jami 970 o`rin; jumladan birinchi bosqichda 340 o`rin, ikkinchi bosqichda 470 o`rin. uchinchi bosqichda 160 zaxira o`rin tayyor xolga keltirilgan. (Avvalo, buncha sonda bemor bo`lmasin, deya niyat qilamiz). O`rinlarning 315 ta kislorod nuqtalari bilan ta`minlangan. Bundan tashqari, COVID-19 kasalligini boshidan o`tkazgan fuqarolar uchun tibbiyot muassasalarida 330 ta reabilitasiya o`rinlari mavjud. Kasallarni davolash uchun ishlatiladigan 49 turdagi jami 2 mlrd 908 miln so`mlik dori vositalari zaxirada turibdi.
Aholiga esa “xavotirlanishga o`rin yo`q” deya olmaymiz. Chunki, beparvolik, xotirjamlik infeksiyaning yana tarqalishiga olib kelishi mumkin. Karantin yumshatilgan, lekin bekor qilingani yo`q. Shuning uchun fuqarolardan niqob taqib yurish, antiseptik vositalardan foydalanish, joylarda odamlar orasida masofani saqlash talab etiladi. Shu o`rinda, jamoatchilik vakillaridan ham, ayniqsa, mahalla, maktab, bog`cha va boshqa muassasalar rahbarlaridan koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish uchun o`z nazoratlari ostidagi joylarda e`tiborni yana bir karra oshirishlarini so`rar edik. Kirish joylarida dezinfeksiya, tana haroratini o`lchab ko`rish ishlari davom etishi kerak.






