Majburiy ijro byurosi Matbuot xizmatining “Darakchi”ga ma`lum qilishicha, joriy yilning 16-17 mart kunlari “Facebook” ijtimoiy tarmog`ining “Gruppa Zakon i Ravnopravie Uzbekistan”, “Patanatomiya stran Uz” va boshqa manbalarda Majburiy ijro byurosi Mirzo Ulug`bek tuman bo`limi ish yurituvidagi fuqaro M.Mamatkasimova va uning oila a`zolarining hozirda yashab turgan xonadonidan majburiy ko`chirib, boshqa xonadonga kiritish ijro hujjati yuzasidan e`tirozlar xabarlar tarqatilib, mazkur xabarlar yuzasidan o`rganishlar olib borilgan.
BATAFSILROQ...
Aniqlanishicha, 07.01.2021 yilda Majburiy ijro byurosining Mirzo Ulug`bek tuman bo`limi ijro ishi yurituvida Toshkent shahar FIB sudining 25.12.2020 yildagi ijro varaqasiga ko`ra, undiruvchi “B-B STROY” MChJ.ning da`vo arizasiga asosan, qarzdorlar M.Yu.Mamatkasimova, K.D.Mamatkasimova hamda T.D.Mamatkasimovlarni hozirda yashab turgan Mirzo Ulug`bek tumani Oltintepa ko`chasi, 249-uy, 4-xonadondan Mirzo Ulug`bek tumani Qorasu-6 dahasi, 9-uy, 31-xonadonga ko`chirish to`g`risidagi ijro hujjatibo`lim ish yurituviga kelib tushgan. Bu ijro ishi haqida taraflarga ma`lum qilingan, fuqaro M.Mamatkasimovga esa, shaxsan taqdim qilinib, 15 kunlik ixtiyoriy muddat haqida va fuqarolarning majburiyatlari tushuntirilib, dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
UNDA TUShUNMOVChILIK NIMADA?
Ijro harakatlari jarayonida 22.01.2021 yilda qarzdor M.Mamatkasimovaning ijro harakatlarini to`xtatish haqidagi murojaatiga asosan hal qiluv qarori chiqquniga qadar ijro ishi to`xtatilgan va ijro harakatlari keyinga qoldirilgan. Lekin, Oliy sudi FIB sudlov hay`atining 15.02.2021 yildagi № 2-1001-1946/52015-sonli ajrimiga asosan ko`chirish to`g`risidagi ijro ishi o`zgartirilmagan va amalda ijrosi tiklangan. Shundan so`ng, joriy yilning 26 fevral M.Mamatqosimova va boshqalarning uydan ixtiyoriy ravishda ko`chishi yuzasidan ijro ishi tiklanganligini ma`lum qilinib, majburiy ijro harakatlari 2 mart kuniga belgilangani haqida ogohlantirilgan. Shundan so`ng, 02.03.2021 yil kuni majburiy ijro harakatlariga kirishilganda, qarzdor M.Mamatkasimova masala bo`yicha yuqori turuvchi idoralarga bilan murojaat qilganligini, ijro harakatlarini keyinga qoldirishni so`raganligi sababli ijro harakatlari keyingi qoldirilgan.
ASOSLI IJRO
Joriy yilning 16 mart kuni bo`lim davlat ijrochisi S.Xudoynazarov tomonidan qarzdorlar ijro hujjatini to`xtatish bo`yicha hech qanday qonuniy hujjat taqdim qilolmaganidan so`ng davlat ijrochisi majburiy ijro harakatlariga kirishib, qarzdorlarni sud qaroridan keltirilgan yashash uyidan majburiy tartibda chiqarib, belgilangan boshqa manzildagi uyga ko`chirib kiritish yuzasidan ijro hujjatiga asosan ijro ta`minlangan.
MA`LUMOT UChUN:
Qarzdor M.Mamatqosimova 43,55 kv.m.ni tashkil etuvchi xonadondan 57,50 kv.m.ni tashkil qilgan xonadonga ko`chirildi. Bu jarayonda fuqarolar tomonidan ijro harakatlari qarshilik qilish holatlari hamda xodimlarning nojo`ya haarakatlarni sodir etganligi aniqlanmagan. Ijro harakatlariga amalda aloqasi bo`lmagan fuqarolarga ham ijro ishi va sud qarori mazmuni, mavjud shikoyatlar va e`tirozlar yuzasidan yuqori turuvchi organlarga murojaat etish lozimligi tushuntirilgan.
MIB OGOHLANTIRADI!
Unutmasligimiz lozim, fuqarolarimiz o`ziga nisbatan qabul qilingan qaror, ajrim yoki hujjatlar ustidan sud va boshqa organlarga murojaat etishlari lozim! Shunday ekan barchasi o`z qo`limizda, e`tiborli bo`lishimiz vaasosiysi sud qarorlari mohiyatini teran anglashimiz lozim bo`ladi. Aks holda, Byuro davlat ijrochisi amalda sud va boshqa organ qarorini muhokama qilmaydi, balki uning ijrochisiga kirishadi.






