Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boyovut tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.B.” MChJ tomonidan Yangier shahridagi umumiy o`rta ta`lim maktabi binosini qurishda amalda bajarilmagan 149 mln so`mlik ishlarni hujjatlarga qo`shib yozish orqali byudjet mablag`lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbari I.R. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






