Joriy yilning 21 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda o`quvchini ayovsiz do`pposlagan o`qituvchining videosi tarqaldi.
Lavha yuzasidan Asaka tuman xalq ta`limi bo`limining munosabat bildirgan.
"Asaka tumanidagi 49-umumiy o`rta ta`lim maktabida o`qituvchi o`quvchini do`pposlaganligi to`g`risida yuborilgan videolavha yuzasidan umumiy o`rta ta`lim maktabi faoliyati tuman xalq ta`limi bo`limi tomonidan o`rganildi.
Videolavhada aks etgan boshlang`ich sinflarda tasviriy san`at va musiqa fani o`qituvchisi Umaralieva Madina Rustamovna 1986 yilda tug`ilgan, Mexnatobod MFY da yashaydi. Ta`lim muasasasiga maktabning 2019 yil 4 sentyabr kungi 109- sonli buyrug`iga asosan musiqa fani o`qituvchisi vazifasiga ishga qabul qilingan.
Videolavhada aks ettirilgan voqeada Umaralieva Madina Rustamovna o`z o`g`lini ya`ni ushbu maktabining 4-B sinf o`quvchisi Maxammadjonov Iqboljonni kaltaklagan. Bunga sabab o`quvchi dars vaqtida so`roqsiz uyiga ketib qolganligi uchun sinf rahbari Sh.Ergasheva o`quvchini surishtirib, farzandini darsda ishtirok etmaganligini aytganligi uchun M. Umaralieva achchiq qilib o`z farzandini urgan.
Ushbu holat yuzasidan Asaka tumani tumani voyaga etmaganlar komissiyasiga murojaat etildi.
Kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi yuzasidan tuman xalq ta`limi bo`limi zaruriy choralarni ko`rib, tegishli ishlarni olib boradi hamda jamoatchilik va ota-onalarni hamkorlikka chaqiradi", — deyiladi xabarda.






