AsosiyDunyo

Oxirgi sutka davomida dunyoda 494 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi

'Oxirgi sutka davomida dunyoda 494 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi'ning rasmi

JSST ma`lumotlariga ko`ra, oxirgi sutka davomida dunyoda 494 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 121 million 969 ming nafardan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 694 ming nafardan ziyod kishi vafot etgan.  Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 494 917 yangi holati aniqlandi, 9 921 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 122 million 811 ming nafardan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 709 ming nafardan ortig`i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 29,376 million nafardan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Braziliya (11,780 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Hindiston (11,555 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (4,447 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Buyuk Britaniya (4,285 milliondan ortiq).

 JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 58 826, Braziliyada 86 982, Hindistonda 40 953, Rossiyada 9 632, Buyuk Britaniyada esa 4 802 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

 

    Boshqa yangiliklar