25 ta mamlakatdan keladigan talabalar, aspirantlar va ordinatorlarga ta`limni davom ettirish uchun Rossiya hududiga kirish imkoniyati berildi, deb yozadi "Daryo.uz" «RBK»da berilgan Rossiya Ilm-fan va oliy ta`lim vazirligi ma`lumotlariga tayanib.
«Shuni hisobga olish kerakki, faqat "Rospotrebnadzor" tomonidan xavfsiz epidemiologik sharoitga ega deb topilgan mamlakatlar fuqarolarigina o`qish uchun Rossiyaga kirishi mumkin», deyiladi xabarda.
Rossiyaga kirish huquqini quyidagi mamlakatlar talabalari qo`lga kiritdi:
- Abxaziya
- Belarus
- Ozarbayjon
- Vetnam
- Armaniston
- Gresiya
- Misr
- Hindiston
- Qozog`iston
- Maldiv orollari
- Qatar
- Birlashgan Arab Amirliklari
- Qirg`iziston
- Seyshel orollari
- Kuba
- Serbiya
- Tanzaniya
- Singapur
- Finlyandiya
- Turkiya
- Shveysariya
- Efiopiya
- Janubiy Koreya
- Yaponiya
- Janubiy Osetiya
Fevral o`rtalarida "Rospotrebnadzor" aviaqatnov qayta tiklangan mamlakatlardan talabalar o`qishni davom ettirish uchun Rossiyaga qaytishi mumkinligini ma`lum qilgan edi.
Chet ellik talabalar universitetni Rossiyaga etib borishi haqida elektron pochta orqali kamida o`n kun avval xabardor qilishi, so`ng ikki marta: Rossiyaga kirishdan uch kun oldin va mamlakatga kirgandan keyin PZR-test topshirishi kerak. Ikkinchi test javoblari chiqqunicha xorijlik talabalar yashash joyida o`z-o`zini yakkalash rejimiga amal qilishi lozim.






