Evropa dori vositalari agentligidan so`ng, JSST mutaxassislari ham qon quyilishi va AstraZeneca vaksinasi o`rtasida hech qanday bog`liqlik yo`qligini aniqlashdi.
JSST vaksinaning foydasi potensial xavfdan yuqori, tromboz holatlari esa tabiiy ravishda yoki COVID-19 tufayli yuzaga kelishi mumkin deb hisoblaydi.
Shundan so`ng Germaniya, Fransiya, Italiya va boshqa mamlakatlar AstraZenecadan foydalanishni qayta boshlashini e`lon qildi.
Britaniya va Fransiya bosh vazirlari Boris Jonson va Jan Kasteks AstraZeneca vaksinasi bilan emlanib bo`ldi.
Jonson AstraZeneca vaksinasi xavfsizligiga ishonishini va kovid bilan kasallanish xavfliroq ekanini aytdi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston AstraZeneca vaksinasining 2,2 million dozasidan 660 mingtasini oldi/ Ushbu preparat bilan ommaviy emlash 23-24 mart kunlari boshlanadi.






