AsosiyJamiyat

Homilador ayollar uchun ish joyida qanday imtiyozlar mavjud?

'Homilador ayollar uchun ish joyida qanday imtiyozlar mavjud?'ning rasmi

Ushbu savolga Sog`liqni saqlash vazirligi Yuridik bo`limi boshlig`i Ruslan MUHAMMADIEV javob berdi

— Tibbiy xulosaga muvofiq, homilador ayollarning ishlab chiqarish normalari, xizmat ko`rsatish normalari kamaytiriladi yoki ular avvalgi ishlaridagi o`rtacha oylik ish haqi saqlangan holda engilroq yoxud noqulay ishlab chiqarish omillarining ta`siridan holi bo`lgan ishga o`tkaziladi.

Homilador ayolga engilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillari ta`siridan holi bo`lgan ish berish masalasi hal etilgunga qadar, u ana shu sababdan ishga chiqmagan barcha ish kunlari uchun o`rtacha oylik ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etilishi lozim.

    Boshqa yangiliklar