AsosiyJamiyat

O`zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To`xtaboev 88 yoshida vafot etdi

'O`zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To`xtaboev 88 yoshida vafot etdi'ning rasmi

 O`zbek bolalar yozuvchisi, O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, O`zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To`xtaboev 2021 yil 21 mart kuni 88 yoshida vafot etdi.

Xudoyberdi To`xtaboev 1932 yil 17 dekabr kuni Farg`ona viloyatining Katta Tagob qishlog`ida tug`ilgan. 1949 yil Qo`qon davlat pedagogika institutini, 1955 yilda hozirgi O`zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

1958 yil qisqa vaqt mobaynida «Yosh gvardiya», «Sir fosh etildi», «Sehrli qalpoqcha» kabi kitoblari omma e`tiboriga havola qilindi.

Keyinroq «Omonboy va Davronboy», «Sariq devni minib», «Yillar va yo`llar», «Besh bolali yigitcha», «Qasoskorning oltin boshi», «Sehrgarlar jangi yoki shirin qovunlar mamlakatida», «Jannati odamlar» kabi kitoblari chop etiladi.

Boshqa yangiliklar